Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Yangihayot tumanini rivojlantirishning yangi bosqichi belgilandi



Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Toshkent indeks” savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasini borib ko‘rdi.

Majmua hududi 72 gektar. Bu yerda qariyb 1 trillion 300 milliard so‘m evaziga savdo do‘konlari, logistika va ekspo markazlari, mehmonxona, oshxona barpo etilmoqda. Ularda jami 13 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Loyihaning birinchi bosqichi bu yil Navro‘z bayrami arafasida ishga tushiriladi.

Shu yerda Yangihayot va Sergeli tumanlarini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘tgan yili Yangihayot tumanida 600 ta loyiha amalga oshirilib, 3 mingdan ziyod ish o‘rni ochilgani qayd etildi. Sergeli tumanida 65 ta loyiha natijasida 2 ming 600 ta ish o‘rni tashkil etilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari, poliklinikalar, sport maydonchalari qurilgan. Ichki yo‘llar, kommunal tarmoqlar ta’mirlangan.

Yig‘ilishda joriy yilgi vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yil Yangihayot tumanida jami qiymati 3,8 trillion so‘m bo‘lgan 61 ta loyihani amalga oshirib, 26 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

“Yangi shahar” loyihasi doirasida 5 million kvadrat metr uy-joy, ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari quriladi. 430 ming aholi uy-joy bilan ta’minlanadi. “Yo‘ldosh” mavzesidagi eski yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanadi. 

Aholi zich mahallalarda uchta bolalar bog‘chasi, ikkita maktabda qo‘shimcha bino quriladi. Jamoatchilik fikri asosida aholi muammolarini hal etishga 3,2 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Sergeli tumanida umumiy qiymati 6,4 trillion so‘m bo‘lgan 79 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 31 mingta doimiy ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. Jumladan, “Alyuteks” korxonasida alyumin profillar, “Rezalit stroy grup” korxonasida elektrokar ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

2 ta maktab, 2 ta bolalar bog‘chasi va oilaviy poliklinika quriladi. “Alisher Navoiy” mavzesida Yangi O‘zbekiston massivini qurish ishlari boshlanadi.

Yig‘ilishda Toshkent shahri tumanlarining hokim va sektor rahbarlari so‘zga chiqdi. Hokim yordamchilari ishtirokida iqtisodiy, yoshlar yetakchilari bilan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish rejalari haqida axborot berdi.



  ...