Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muzokaralar avvalida Hukumat Raisi o‘rinbosari Denis Manturov davlatimiz rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik  bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023-yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim va tibbiyot forumlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

O‘zaro savdoning o‘sish sur’atlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o‘tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.



  ...