Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Yangi ta’lim va sport majmuasi ko‘zdan kechirildi



Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11 sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.

Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.

Prezidentimiz shu yerda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, bir-birini  takrorlaydigan darslarga yoshlarning vaqtini ketkazmasdan, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Umuman, maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko‘rdi.

Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi. 

Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi.

Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.



  ...