Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

“CSG” kompaniyasi bilan birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shenchjen shahriga tashrifi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “CSG” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Men Chjenpin bilan bo‘ldi.

Xitoyning elektr tarmoqlari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri “CSG” tarmoqlarni qurish va boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 60 milliard dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xitoy kompaniyasi ishtirokida loyihalashtirish va injiniring bo‘yicha zamonaviy tizimlarni, energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha yuksak standartlarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratildi.



  ...