Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlansin:

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha

Axmedov Babomurot Jurayevich - Fanlar akademiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti laboratoriya mudiri

Abdullayev Fatxulla Xabibullayevich - Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti bosh ilmiy xodimi

Rozikov Utkir Abdulloyevich - Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari

Kimyo fanlari bo‘yicha

Tulyaganov Dilshat Ubaydullayevich - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich - Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori

Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

Reymov Axmed Mambetkarimovich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

Biologiya fanlari bo‘yicha

Davranov Kaxramon - Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti direktori

Texnika fanlari bo‘yicha

Sadikov Ilxam Ismailovich - Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha

Namazov Shadman Ergashovich - Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari

Tarix fanlari bo‘yicha

Ziyo Azamat Xamid o‘g‘li - Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha

Tuxliyev Nurislam - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

Filologiya fanlari bo‘yicha

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Pedagogika fanlari bo‘yicha

Ibraimov Xolboy - T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Tibbiyot fanlari bo‘yicha

Musabayev Erkin Isakovich - Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqikot instituti direktori

Psixologiya fanlari bo‘yicha

Shaumarov Gayrat Baxramovich - “Profi universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti rektori

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.

“Yo‘l xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari tomonidan, jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;

joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

o‘z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O‘zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;

ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ‘ib qilish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib borsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev



  ...