Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Vazir al-Gargaviy davlatimiz rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar yuqori sur’atda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxona va loyihalar soni barqaror oshib bormoqda.

Qabul qilingan “yo‘l xaritasi” doirasida, shu jumladan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash va raqamli hukumatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Qariyb mingta seminar, forum va o‘quv kurslari o‘tkazilib, ularda 2 million nafargacha mutaxassisimiz malaka oshirdi.

Uchrashuvda samarali boshqaruv, savdo salohiyatini rivojlantirish, shaharlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yuksak texnologiyalar, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.



  ...