Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Fransiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan tantanali yurib o‘tdi.

O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

So‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.



  ...