Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.



  ...