Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Pekinga jo‘nab ketdi



Samarqand shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni kechasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.



  ...