Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi



Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbariga Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.

Kecha shu yerda uchinchi O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Prezidentimizga ushbu tadbir yakunlari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

O‘zbekiston yetakchisi Tataristonning yetakchi korxonalari sanoat mahsulotlari va texnologiyalari bilan tanishdi.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.



  ...