O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qatar Davlatining sobiq Bosh vaziri, mamlakatdagi qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol Soniyni qabul qildi.
O‘zbekiston va Qatarning yetakchi kompaniya va korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Energetika, sanoat, infratuzilma, turizm, bank-moliya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
Davlatimiz rahbari ekspertlar guruhini shakllantirish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.