Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti “Power International Holding” bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi.

“Power International” – dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir.

Bugun ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida kelgusida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda.

Mamlakatimizda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash obyektlarini tashkil etish istiqbolli loyihalar sifatida qayd etildi.

Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.



  ...