Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari strategik sheriklikning yangi iqtisodiy kun tartibini tayyorlash masalalarini muhokama qildilar



19-sentabr kuni Nyu-York shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Azaldan yaqin do‘stlik rishtalariga, xalqlarimizning mentaliteti, an’ana va qadriyatlari o‘xshashligiga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish masalalariga to‘xtaldi.

Keyingi yillarda o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 24 foizga ko‘paydi. Mamlakatimizda qariyb mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreyadan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oshdi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali hamkorlik qilinayotgani, ular bilan birgalikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etgani yuqori baholandi.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan texnologik va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallashtirish, infatuzilma, “yashil” energetika, raqamlashtirish, kadrlar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlardagi  qo‘shma loyihalarni ilgari surish amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari Koreya Prezidenti Yun Sok Yolni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.



  ...