Elchixona tomonidan O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikka ko‘mak ko‘rsatish uchun tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Porloq Tekstil Liboslari” MChJning Xitoy tomonidan hamkori bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Zhongshi International Trade Co.LTD” kompaniyasi va “Porloq Tekstil Liboslari” MChJ o‘rtasida yuzaga kelgan bahsli holatni ijobiy hal etishda elchixona o‘z vakolati doirasida amaliy ko‘mak beradi.