Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari saylovdagi ishonchli g‘alabasi va lavozimiga kirishgani munosabati bilan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumat yetakchilari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar qayd etganidek, mamlakatimizda o‘tgan umumxalq saylovi Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha ortga qaytmas islohotlar dasturi hamda davlatimiz xalqaro nufuzini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi. 

Qutlovlarda mamlakatimiz bilan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga intilish qat’iy ekani alohida ta’kidlanib, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

 

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Amiri Davlati Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy,

Hindiston Respublikasi Prezidenti Draupadi Murmu,

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy,

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif,

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq,

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Vengriya Prezidenti Katalin Novak,

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban,

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan,

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub,

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,

Qatar Davlati Amiri o‘rinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili,

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich,

Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy,

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.



  ...