Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonga kirish uchun koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi



Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2022 yilning 10 iyunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida keladigan xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bois o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.

O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, xorijlik sayyohlar O‘zbekistonga kelishidan oldin koronavirus infeksiyasiga PZR  test natijasi bo‘yicha manfiy natijali maʼlumotga ega bo‘lishi, koronavirus infeksiyasiga  ekspress-antigen test topshirishi  hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lishi talab etiladigan Maxsus komissiyaning bayonlari bilan kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qoidalar bekor qilinadi.

 Komissiya O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanishning dinamik pasayishi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan  va shifoxonalardan chiqarilayotganlar bemorlar sonining shifoxonaga yotqizilganlar soni, karantindan chiqarilayotgan fuqarolar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgarganligi, shuningdek, dunyo mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatni eʼtiborga olgan holda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm  va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda shunday qarorga keldi.



  ...