Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti sohalaridagi yangilanishlar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.



  ...