Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidentining Eronga tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eronga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston rahbari Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar hamda mamlakatning Oliy diniy rahbari Said Ali Xomaneiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan hukumatlararo va idoralararo hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

“Mehrobod” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.



  ...