“Viza” axborot tizimini takomillashtirish doirasida 2023 yilning 12 iyun' sanasidan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladigan viza so‘rovnomalari faqatgina visa.mfa.uz veb-sahifasi orqali to‘ldirilgan va VisaWin dasturiga yuklangan elektron anketalar asosida qabul qilinishini hamda VisaWin dasturida qo‘lda to‘ldirilgan anketalar tizim tomonidan avtomatik ravishda rad etilishi mumkinligi ma'lum qilinadi.
Shunindek, ushbu sanadan visa.mfa.uz veb-sahifasida anketa to‘ldirish jarayonida shaxs fotosurati va pasport nushalarini yuklash majburiy parametr xolatiga o‘tkaziladi.