Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga chiqdi



Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Yetakchilar huzurida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘ldi. Huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o‘rtasida restavratsiya sohasida, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026-yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.



  ...