Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Yevropa Kengashi Prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi



2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahriga tashrif buyurib, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va mintaqaviy formatda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqildi.

Yevrokengash Prezidenti Sharl Mishel davlatimiz rahbarini Konstitutsiya bo‘yicha referendumning natijalari bilan samimiy qutlab, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va iqtisodiy islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi hamda bo‘lajak muhim siyosiy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Tomonlar 2022-yil oktabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki tomonlama muloqot va almashinuvlarda yuqori sur’at kuzatilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ushbu davrda O‘zbekistonda Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha birinchi konferensiya, navbatdagi Fuqarolik jamiyati forumi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zbekistonning YI davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologik tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari portfeli 20 milliard yevrodan ortdi.

O‘zbekiston va YI yetakchilari ikki tomonlama savdoni diversifikatsiya qilish va hajmini oshirish, “GSP+” imtiyozli savdo tizimining amal qilish muddatini uzaytirish, samarali transport yo‘nalishlari, eng avvalo, Transkaspiy tranzit yo‘lagini rivojlantirish, “yashil” energetika, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, ekologiya, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni va ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.



  ...