Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Bosh vazir Qohir Rasulzoda davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortmoqda, muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari ko‘paymoqda. Yaqin hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faol amalga oshirilmoqda.

Tovar ayirboshlashni oshirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish, energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, konchilik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu ma’noda, bugun Toshkent shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida o‘tkazilgan qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.



  ...