Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi



5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2022-yilda tovar ayirboshlash 18 foizga, joriy yil boshidan esa 12 foizga oshdi. Uch mingdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi ortmoqda. Faol gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining sermahsul yakunlariga, eng avvalo, ustuvor iqtisodiy loyihalarni, shu jumladan Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etishni ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganiga yuksak baho berdi.

Yaqin yillarda 10 milliard dollar maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun savdoni ko‘paytirish va eksport-import amaliyotlarining mutanosibligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, mashinasozlik, energetika, qazib chiqarish sanoati, transport va logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olindi.



  ...