Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


...
O‘zbekiston yetakchisi AQSH bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi.


...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev eng aziz umummilliy bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligi e’lon qilinganining 34 yilligini nishonlash arafasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.


...
Yangi aeroport qurilishi yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib ko‘rdi.


...
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


...
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy muzeyiga asos soldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi.


...
Prezident: har bir yutuq va natija, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.


...
O‘zbekiston-Iordaniya sammiti yakunlandi

Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.


...
O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi daraxt ekdilar

O‘zbekiston-Iordaniya sammiti yakunida birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.


...
O‘zbekiston Prezidenti Iordaniyaning oliy nishoni - "An-Nahda" ordeni bilan mukofotlandi

Iordaniya Podshohining davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning "An-Nahda" ("Renessans") ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


...
Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.