Butun islom ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda.
Мамлакатимиз ва халқимиз ҳаётидаги муҳим сиёсий воқеа – Конституциямизни ислоҳ қилиш борасида ўз вақтида бошланган ва собит давом эттирилаётган ишлар янги, янада юксак босқичига кўтарилмоқда. Буни амалга оширилаётган тизимли ишлар жараёнидан ҳам кўриш мумкин.
21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni suv xo‘jaligida va farmatsevtika sanoatida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-aprel kuni Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlar hamda YEI institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar ko‘rib chiqildi.
O'zbekiston Konstitutsiyasining yangilanishi davlatning evolyutsion rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan hayotiy zaruratdir va jamiyatimizning keyingi ilg'or qadamlarini belgilash uchun alohida muhim bosqich bo'lib tuyuladi.