Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqotida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 24-iyul kuni o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va o‘zaro savdoni ko‘paytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 24-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 24-iyul kuni telefon orqali muloqot qildilar.