O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni kuzatish bo‘yicha missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan SHHT bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyul kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatimizda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti davomida faol va tizimli siyosiy aloqalarni davom ettirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni jadallashtirish, ishbilarmonlik va gumanitar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida so‘z bordi.