O'zbekiston-SHHT: ko'p tarmoqli hamkorlikning yangi qirralari
Keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida pragmatik va faol tashqi siyosatni amalga oshirayotgan, nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham o'sib borayotgan mamlakatimiz nufuzi va roli, mamlakatimizning xalqaro jarayonlarga ijobiy ta'siri ortmoqda. Shubhasiz, respublikamizning ko'p tomonlama hamkorlik institutlari – xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi faol ishtiroki bu borada muhim o'rin tutadi. Shu ma'noda O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.