O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda bir-birini va do‘st xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.