O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.
YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, 2030-yilga borib dunyo aholisi 1,3 milliardga yetadi. yoshlar. Bu yoshlar, ayniqsa, dunyo aholisining 90 foizini tashkil etuvchi rivojlanayotgan mamlakatlarda jadal rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Ўзбекистон ва Малайзия олий таълим, фан ва инновациялар соҳасида изчил ва самарали ҳамкорликни ривожлантириб, мустаҳкам алоқаларни йўлга қўймоқда. Икки давлат раҳбарларининг олий даражадаги ташрифлари ва учрашувлари бу жараёнга кучли туртки бўлиб, таълим ва илмий ҳамкорликнинг янги йўналишларини очмоқда.
Бугунги кунда Малайзия давлати билан дўстлик алоқаларини мустаҳкамлаш ва кўп қиррали ҳамкорликни ривожлантириш давлатимизнинг Осиё йўналишидаги ташқи сиёсатининг устувор вазифаларидан бири бўлиб ҳисобланади.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-yanvar kuni Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-yanvar kuni ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qildi.